Seyfdan o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarildi.
Joriy yil 3 fevral' kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro shahar IIO FMBga ariza bilan murojat qilib, unda shu yil 30 yanvar' kunidan 3 fevral' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash xonadoniga devor oshib kirib, yotoqxonasida bo‘lgan temir seyfni buzib ichida bo‘lgan jami 1.500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB EKB eksperti tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlari shaxsni identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilganda, ushbu izlar Namangan shahrida yashovchi 15 yoshli maktab o‘quvchisining chap qo‘l ko‘rsatkich barmog‘i izlariga mos kelishi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati