29 Noyabr 2022 yil 800

Aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarlik.

2022 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2022 yil fevral oyidan boshlab, “telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga o‘z nomini qo‘yib olgan boshqa bir shaxs, Moskva shaxridagi aviakassalar manzilini ko‘rsatib, fuqarolarga bilet sotib olib berishini aytib aldab kelayotganligini maʼlum qilgan. Mazkur shaxs “Sberbank” kartasiga pul mablag‘larini tushirtirib, ularga bilet olib bermasdan, chiptalarni “Aviabilet+2021” kanali egasidan olishni aytib, uning manziliga jo‘natganligini, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Yangiqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni 1996 yilda tug‘ilgan, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” MFYda yashovchi shaxs “telegram” ijtimoiy tarmog‘ida akkaunt yaratib, videolavhalarni o‘z akkauntga tashlab, ushbu kanalda fuqarolarga “Rossiya-O‘zbekiston” yo‘nalishi bo‘yicha onlayn aviabilet sotib olib berishligini aytgan. Dastlab, 3 ta chipta uchun 32.100 rubl (535 AQSH dollari) va yana 4 dona chipta uchun 54.300 rubl (890 AQSH dollari) xamda boshqa fuqarolarni pul mablag‘larini “Sberbank”dan olingan plastik kartalarga tushirtirib, ushbu pullarni otasi nomiga rasmiylashtirilgan kartaga o‘tkazib olgan. Kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, takroran, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘larini o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Tergovga qadar tekshirish davomida, gumonlanuvchidan 3 dona plastik karta, 37.000.000 so‘m va 300 AQSH dollari pul, 1 dona Kompyuter jamlanmasi hamda 1 dona “OPPO reno-7” rusumli telefon apparati tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech