30 Aprel 2022 yil 489

"Zukko kitobxon" tanlovining vodiy bosqichi g‘olibi aniqlandi.

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda Namangan davlat universiteti xodimlari, bilan hamkorlikda, Namangan shahridagi “Royal” restoranida navbatdagi “Zukko kitobxon” tanlovining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan bir nafardan jamoalar ishtirok etdi.Tanlov shartlari yakuniga ko‘ra, 3-o‘rinni Andijon viloyati IIB jamoasi,2-o‘rinni Namangan IIB jamoasi eng yuqori ball bilan 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati IIB jamoasi egallab respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar. Tanlov yakunida jamoa aʼzolarini viloyatimiz bo‘ylab maʼnaviyat marshrutida Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy hamda To‘raqo‘rg‘on tumani Axsikent yodgorligiga sayohati tashkillashtirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech