15 May 2023 yil 369

Zirak oʻgʻrisi qoʻlga tushdi

2023-yil 12-may kuni Norin tumanida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 13:20 larda Namangan shahar “Sharq tongi” MFY hududida ketayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs uning qulogʻida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik ziraklarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech