14 Noyabr 2023 yil 2041

“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Namangan viloyati IIO xodimlari o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 oktyabrdagi hamda Namangan viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 28 oktyabrdagi farmoyishlariga asosan, viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” qizg‘in o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12-13 noyabr kunlari “Dinamo” sport majmuasida viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismonan baquvvat va sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad, shaxsiy tarkibni jismonan chiniqtirish, sportning ushbu turini xodimlar o‘rtasida ommalashtirish, ularni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarni talab darajasida saqlash, mashg‘ulotlarda o‘rgatilgan mashqlarni qo‘llashga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir.

Musobaqada boshqarma apparati, Namangan shahar va tuman IIBlaridan 62, 67, 73, 80, 88, 97 va  97 kg.dan yuqori vazn toifalarida xodimlar ishtirok etdilar.

Shaxsiy birinchilik bahslarda 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlarning natijalari sarhisob qilinganida III-o‘rinni boshqarma Patrul-post xizmati batalyoni, II-o‘rinni Namangan shahar IIO FMB hamda faxrli I-o‘rinni Chust tumani IIB jamoasi qo‘lga kiritishib boshqarma boshlig‘ining kubogi diplom, esdalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Viloyat Ichki ishlar organlarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech