Jinoyat va huquqbuzarliklar, yo‘l- transport hodisalarini oldini olish, aholi muammolariga yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev viloyat IIB rahbariyati bilan birgalikda viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi muammolariga samarali yechim topish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, ishchi guruh Yangiqo‘rg‘on tumani “Uzak” mahallasida bo‘lib, u yerdagi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan shag‘allashtirish ishlari bilan tanishdi. So‘ngra, Kosonsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasidagi elektron kuzatuv maskani, Chortoq tumanining “Namangan” va Namangan tumanining “Olaxamak” mahallalari yettiligi faoliyati batafsil o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligining o‘tgan davr mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi muammolariga yechim topish borasida amalga oshirgan ishlari haqidagi axborotlari tinglanib, kelgusida mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida manzilli ishlarni tashkil etish, ayniqsa, yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda "mahalla — oila — maktab" hamkorligini kuchaytirish hamda boshqa yo‘nalishlarda masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar viloyat hududi bo‘ylab davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati