7 Avgust 2025 yil 70

Jinoiy til biriktirib giyohvand modda sotayotgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 15-iyul kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar “Bo‘ston” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.M va mahalladoshi 2005-yilda tug‘ilgan S.M bilan jinoiy til biriktirib, Davlatobod tumani hududida qora rangli sellofan paketga o‘ralgan 0,22 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 600.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech