5 Dekabr 2022 yil 1051

Feyk xabar qurbonlari

Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi 1997-y.t., A.D, ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida nomaʼlum shaxs feyk xabar orqali uning telegram akkauntiga kelgan kodni bilib, boshqaruvini qoʻlga kiritganligi va boshqalar koʻrishi mumkin boʻlmagan fotosuratlarini tanishlariga yuborganligi, shundan soʻng ushbu fotosuratlarni tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib undan 200 AQSH dollari miqdorida pul talab qilganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirmoqchi boʻlgan shaxs Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi 2000-y.t., E.A. ekanligi aniqlangan.

E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

Text to speech