13 Iyul 2022 yil 740

"Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Namangan shahar "Barkamol avlod" MFYdagi 88-umumtaʼlim maktabida aholi o‘rtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida xotin-qizlarni jalb etgan holda "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari qo‘mitasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi O.Oripova, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mudiri v.b. M.Abdullayeva, viloyat IIB HPB HQ va IMB boshlig‘i NQayimova, Namangan shahar hokimining o‘rinbosari D.Abduraximova ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tinchlik siyosati, inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, farzandlarni, ayniqsa qizlarni tarbiyalashda eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida yig‘ilganlar eʼtiboriga maxsus tayyorlangan "Soxta daʼvolar" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech