22 Aprel 2023 yil
389
Janjalkashlarni ajratmoqchi bo‘lgan fuqaroning o‘ziga jabr yetkazildi.
2023 yil 6 aprel kuni soat 23:00 larda Namangan tumani «Dehqonobod» MFYda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro mahallasida joylashgan savdo do‘kon oldida 2004 yilda tug‘ilgan mahalladoshi va bir necha fuqarolar bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bir-birlarini urib tan jarohati yetkazayotgan vaqtlarida ularni ajratmoqchi bo‘lgan 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroni yuz va bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazganlar.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzurida TB tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati