26 Aprel 2023 yil
452
Jahl jinoyatga yetakladi.
2023 yil 27 aprel kuni soat 13:30 larda Pop tumani Tinchlik MFYda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Mustaqillik MFY hududida joylashgan “Chust bekatida” 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, qo‘lida bo‘lgan oshpichoq bilan ko‘krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi o‘ng tomon ko‘krak qafasi old yuzasidagi sanchib- kesilgan tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati