23 Sentyabr 2021 yil
346
Jahl ustida yetkazilgan jarohat tufayli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021 yil 29 avgust kuni soat 15:30 larda, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasiga borib, u yerda usta bo‘lib ishlovchi, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroga 6 oydan buyon avtomashinasini ta'mirlab bermay kelayotganligini aytib, o‘zaro janjallashib, urib tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 avgust kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati