24 Fevral 2024 yil 2908

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari davomida “Jasorat maktabi” yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 24 fevral kuni Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash Markazida tashkil etilgan “Jasorat maktabida 10 kunlik yig‘inga jalb etilgan 100 nafar biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullayev, Bosh prokuror o‘rinbosari ­– Respublika Harbiy prokurori adliya katta maslahatchisi B.BQudratxodjayev hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyat hokimligi, Yoshlar ishlar ishlari agentligi hamda Bandlik boshqarmasi boshliqlari ishtirok etdilar.

Muloqot vaqtida yoshlarning barcha qiziqtirgan savollariga javoblar hamda muammolari yechimi yuzasidan huquqiy va boshqa maslahatlar berilib, ularning muammolarini 10 kunlik o‘quv yig‘ini yakuniga yetgach, ijobiy hal etish to‘g‘risida viloyat mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar belgilab  berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech