26 Fevral 2024 yil 6588

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari yakuni yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev rahbarligida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida IIV masʼullari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, soha xizmat rahbarlari va barcha shahar-tuman profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Vazir o‘rinbosari tomonidan hozirgi kunda Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Biroq shunga qaramay, joriy yilning 22-25 fevral kunlari ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan kompleks o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davomida aniqlangan bir qator kamchiliklarni keskin tanqid qildi.

Muhokamada o‘tgan davr mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ayniqsa, yoshlar jinoyatchiligi hamda ijtimoiy profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy taʼsir choralari ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Muhokama yakunida kelgusida mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish, aholi muammolarini doim o‘rganish orqali ularga samarali yechim topish, "mahalla — oila — maktab" hamkorligini kuchaytirish, viloyat avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash, probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan manzilli ishlar tashkil etish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, o‘rganish yakunlari bo‘yicha yetarlicha bilim va tajribaga ega bo‘lmagan hamda past ko‘rsatkich ko‘rsatgan xodimlar attestatsiya natijalariga ko‘ra Ichki ishlar organlari safidan bo‘shatildi.

Xizmat faoliyati davomida ijobiy ish natijalarga erishib, hamkasblariga alohida namuna bo‘lgan bir guruh xodimlar esa Vazirlikning tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech