24 Fevral 2024 yil 3950

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ishchi guruhi tomonidan Namangan davlat pedagogika institutida o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 24-fevral kuni Namangan davlat pedagogika institutida “Hududlarda huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olib ishlash tizimini joriy etish holatini o‘rganish va uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha” Respublika ishchi guruhining o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Respublika ishchi guruhi rahbariyati va aʼzolari, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, adliya, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirliklari hamda ularning viloyat, tuman-shahar  boshqarma-bo‘limlari, hokimliklar masʼul rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

Unda Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, adliya, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirliklari tomonidan otaliqqa olinadigan yoshlar bilan ishlash to‘g‘risida vazifa va topshiriqlarni hamkorlikda ijroga qaratish mexanizmlari yuzasidan tushunchalar berildi.

Namangan viloyati mahallalarida olib borilayotgan ishlar holati va tashkiliy chora-tadbirlarga uslubiy ko‘maklashish borasidagi ishlar Respublika ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech