26 Sentyabr 2024 yil 1784

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov Namangan viloyati IIB faxriylari bilan uchrashdi

Namangan viloyati IIBda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda general-mayor Davron Nazarmuxamedov, Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, maslahatchi Rustam Abbasov, Faxriylar kengashi raisi Olimjon Dolimov, shuningdek, shahar-tuman IIBlari faxriylar kengashi raislari, IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 200 nafarga yaqin faxriylar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda viloyat hududidagi faxriylarning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faxriylarning boy tajribalaridan keng foydalanish va ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech