7 Fevral 2025 yil 1965

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Zufar Kurbanov ishtirokida Namangan viloyati IIBning 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Muhokama yig‘ilishi Namangan viloyati IIB Majlislar zalida o‘tkazilib, unda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB va tuman IIB boshliqlari, o‘rinbosarlari, tergov hamda tashkiliy bo‘linmasi boshliqlari, IIVning viloyat hududidagi tuzilmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor-xizmat faoliyati natijalari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida maʼruza qildi.

Maʼruza yakunida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Zufar Kurbanov va Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan jinoyatlar salmog‘i oshgan shahar-tuman IIB hamda tegishliligi bo‘yicha soha xizmat rahbarlarining ish faoliyatlari tanqidiy muhokama qilinib, 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, xodimlardan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, faoliyat davomida qonunlarga qatʼiy hamda og‘ishmay amal qilish, tamagirlik va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmay, yangicha dunyoqarash bilan xalq xizmatida bo‘lish, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy tartibda ko‘rib chiqish talab etildi.

Yig‘ilish so‘nggida, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarib, boshqa hamkasblariga namuna bo‘lgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech