4 Sentyabr 2024 yil 2559

O‘zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik litseyida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

Barcha joylarda bo‘lgani kabi IIV Namangan akademik litseyida birinchi qo‘ng‘iroq va bilimlar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, ota-onalar, litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni IIV Namangan akademik litsey direktori ochib, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak -Vatanmiz!” shiori ostida nishonlangan mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami va yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan litsey o‘qituvchilari, o‘quvchilarini qutlab, o‘qishlarida omad tiladi. Bu yilgi o‘quv jarayonida ham o‘quvchilar kitobxonlik, bilimlar bellashuvi va sport sohalarida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda Namangan viloyati IIB masʼullari va o‘quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqib, O‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini puxta o‘zlashtirish, ustozlar o‘gitiga amal qilgan har qanday o‘quvchi ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilganini eʼtirof etishdi.

Tadbir davomida vatanni madh etuvchi kuy, qo‘shiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga katta quvonch hamda bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, o‘quvchilarga “Mustaqillik darslar”i o‘tilib, mustaqillik darslarida xalqimizning istiqlolni qo‘lga kiritishi, bu yo‘lda kurashgan fidoyi mard o‘g‘lonlar hayoti, ozodlik yo‘lida qatag‘on bo‘lgan siymolar haqida o‘quvchilarga keng qamrovli tushunchalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech