19 Sentyabr 2023 yil 3270

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini oxirgi uch yil davomida tamomlab, Namangan viloyati IIBda xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi rahbariyatining reja-topshirig‘iga asosan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi, IIV Akademiyasi dotsenti O.J.Xolmo‘minov, Namangan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan IIV Akademiyasini oxirgi uch yil davomida tamomlab, hozirda Namangan viloyati IIB va uning quyi tizimlarida xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida bitiruvchilarning faoliyatida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish ahvoli, bugungi kunda ijtimoiy masalalari, yuzaga kelayotgan muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini haqida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

Suhbat yakunida, IIV Akademiyasi bitiruvchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, IIV Akademiyasi taʼlim-tarbiya jarayonining sifati, professor o‘qituvchilarning bilim va salohiyati, saf qismining kasbiy malakasi hamda bitiruvchilarning taklif-tavsiyalar natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, IIV Akademiyasi va boshqarma rahbariyati tomonidan yig‘ilishga taklif etilgan yosh xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlariga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishlari va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatga kirishishda turli nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va tizimda uzoq yillar, halol va pok ravishda sadoqat bilan xizmat qilish yuzasidan tegishli tushuntirishlar va yo‘nalishlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech