16 Mart 2021 yil 215

“Zarbdor” oylik: tamaki qutisi ichidan “Gashish” chiqdi.

Shu yilning 6 mart kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, viloyat IIB JQB O‘MIB tezkor vakili va tuman IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan, Chortoq tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Chortoq tuman markazida yurgan vaqtida uni yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasining yon cho‘ntagida “Kent” nomli sigaret qutisi ichida yumaloq shakldagi, o‘tkir hidli, qoramtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,41 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech