“Zarbdor” oylik: Hamkorlikdagi tadbir natijasida fuqaroning uyidan “Marixuana” topildi.
Shu yil 3 mart kuni Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, viloyat IIB TEQKB ChXTB tezkor vakili va tuman IIB JQB tezkor vakili, HPB profilaktika inspektori hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 7-alohida otryad komandirlari tomonidan, Uychi tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida, yashash uyi oshxonasidagi shkafdan gugurt qutisiga solingan va mexmonxonasidagi televizor tagidan oq rangli sellofan paketga o‘ralgan hamda hojatxona shiferi ustidan sigaret qutisida bo‘lgan o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning umumiy sof og‘irligi 2,64 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati