“Zarbdor” oylik: Do‘kondagi pul va kuzatuv kamerasining xotira kartasini o‘margan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yil 4 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan savdo do‘koni eshik qulfini buzib kirib, do‘kon kassasida bo‘lgan 2.400.000 so‘m puli va do‘konga o‘rnatilgan narxi 500.000 so‘mlik kuzatuv kamera xotira kartasini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ushlash choralari ko‘rilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati