“Zarbdor oylik” doirasidagi amaliy ishlar natijasi
Shu yilning 23 fevral' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro DXX viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi fuqaro ularning ishonchiga kirib, Uchqo‘rg‘on sanoat texnologiyalari texnikumida “A,B,S,D” toifali “Traktorchi-Mashinist” guvohnomasini, o‘quv kurslarida ta'lim olmasdan turib, 1 xafta mobaynida olib berishini aytib, evaziga jami 5.100.000 so‘m pullarni so‘rayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘raganlar.
Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, shu yil 23 fevral' kuni soat 16:00 larda, DXX tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan, Uchqo‘rg‘on tumani hududida arizada nomi keltirilgan shaxs fuqarolardan 5.100.000 so‘m pullarni olayotgan vaqtida, ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 25,168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati