10 Mart 2021 yil 369

“Zarbdor” oylik doirasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.

Shu yil 4 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R JKning 227-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan fuqaro viloyat IIB JQB O‘MIB tezkor vakili tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumanidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB TBga topshirilgan.

2021 yil 5 mart kuni Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Uychi tumanida yashagan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi O‘MIB tezkor vakili, katta tezkor vakillari tomonidan mahallasi hududidan ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech