10 Mart 2021 yil 228

“Zarbdor” oylik: Avtomashina gaz ballonini o‘g‘irlab ketgan shaxs topildi.

Joriy yil 5 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi oldida joylashgan ustaxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan, mijoziga tegishli bo‘lgan Kiabongo rusumli avtomashinasiga o‘rnatilgan narxi 2.100.000 so‘mlik temir gaz balonini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakili, HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech