“Zarbdor” oyligi va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari natijasi.
Joriy yil 3 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi fuqaro shahar IIO FMB ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 06:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan salqin ichimliklar savdo do‘koni eshik qulfini buzib ochib, do‘konda bo‘lgan narxi 200.000 so‘mlik “Galaksi-2” rusumli, narxi 250 AQSh dollari bo‘lgan “Galaksi-7” rusumli, narxi 700.000 so‘mlik “LJ” rusumli uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib chora ko‘rishni so‘ragan.
Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ushlash choralari ko‘rilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati