“Zarbdor oyligi” davomida qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
Shu yil 28 fevral' kuni, Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R JKning 223-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan tumanida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan tuman IIB JQB tezkor vakili, HPB TP profilaktika inspektori va MG QB 3-otryad komandirlari tomonidan Qurama MFY hududidan ushlanib, Namangan tumani IIB VSHga joylashtirilgan.
2021 yil 1 mart kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2003 yilda tug‘ilgan ayolni viloyat IIB JQB tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Bunyodkor MFY hududida ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati