25 Sentyabr 2025 yil 28

O'z xonadonida qimorxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 20-sentyabr kuni Namangan tumani "Qorako'l" mahallasida yashovchi fuqaro o'zining yashash xonadonida 5 nafar fuqarolarga o'yin kartalari yordamida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yin o'ynashlari uchun sharoit yaratib, jami 700 ming so'm moddiy manfaat ko'rgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech