31 Mart 2022 yil 440

Yuk mashinani tunab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2022 yil 29 mart kuni, To‘raqo‘rg‘on tumani Qatag‘on MFYda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 16:00 larda nomaʼlum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumani Umid MFY hududida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirgan Hyundai Porter rusumli yuk avtomashina salonidan 300 AQSH dollari, 17.000.000 so‘m pul va narxi 1.000.000 so‘mlik “Samsung-J6” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan

O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech