28 Sentyabr 2021 yil
674
YTXda yuk mashina haydovchisi vafot etdi.
Joriy yil 26 sentyabr' kuni soat 08:00 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 223 km.da, Qo‘shminor MFY hududida, Qozog‘iston Respublikasi Nursulton shahrida yashagan, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro DAF rusumli yuk avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Natijada, haydovchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati