11 Sentyabr 2020 yil
665
YTX oqibatida xaydovchi vafot etdi.
2020 yil 10 sentyabr' kuni soat 05:00 larda, Chortoq-Namangan yo‘lining 17 km.da, Bog‘ MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib, “Katta Namangan” kanaliga tushib ketgan, Natijada, haydovchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati