YTX oqibatida piyoda tan jaroxati oldi.
2020 yil 2 sentyabr' kuni soat 11:00 larda, Chust shahar Chustiy ko‘chasida, Chust shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chust tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, chap umrov suyagini maydalanib sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilgan.
2020 yil 8 sentyabr' kuni soat 19:00 larda, Uchqo‘rg‘on-Qo‘g‘ay yo‘lining 3 km.da, Uchqo‘rg‘on tumani Mustaqillik MFY hududida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng oyoq boldir suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati