7 Dekabr 2020 yil 507

YTHlarda piyodalar jabrlanmoqda.

Shu yil 28 noyabr' kuni soat 22:20 larda Namangan shahar Yangihayot MFY Orzu ko‘chasida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda o‘ng oyoq boldir suyagining ochiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

26 noyabr' kuni soat 14:00 larda Namangan shahar 2-Axsikent ko‘chasida, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 1943 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda chap oyoq boldir suyagining yopiq maydalanib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

25 noyabr' kuni soat 14:00 larda Chortoq tumani 4R117 To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq-Keskanyor yo‘lining 44 km.da Uychi tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomonida harakatlanib ketayotgan 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda qo‘shma shikast, bosh miya lat yeyishi, o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 5 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

25 noyabr' kuni soat 18:00 larda chortoq tumani Chortoq-Yangiqo‘rg‘on-Zarkent yo‘lining 24 km.da Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi ko‘krak qafasi yopiq shikasti, chapdan 2-3-4-qovurg‘alarining yopiq sinishi, chap kurak suyagining yopiq siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 5 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech