27 Oktyabr 2020 yil 476

YTHlar oqibatida haydovchi va piyodalar halok bo‘ldi.

Shu yil 23 oktyabr kuni soat 19:00 larda, Pungon-Pop yo‘lining 32 km.da VAZ-2107 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shu kuni soat 20:30 larda Namangan tumani Anjirzor MFY ichki yo‘lida, Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, 24 oktyabr' kuni soat 09:00 da vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

24 oktyabr kuni soat 19:30 larda Qandiyon-Kosonsoy yo‘lining 4 km.da VAZ-2106 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan T-40A rusumli tirkamali traktorining orqasiga urilgan.

Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya og‘ir yopiq shikasti, miya komasi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlashtirish bo‘limiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech