YTHlar oqibati.
2020 yil 6 dekabr' kuni soat 14:30 larda, Chortoq ko‘chasida, Chortoq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida velosipedda harakatlanib ketayotgan piyoda, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, velosipedchi chap qo‘l tirsak sohasi va chap son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 dekabar' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 12 dekabr' kuni soat 10:00 larda, Toshbuloq-Shaxand yo‘lini 10 km.da, Toshbuloq MFY hududida, Namangan tumanida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida yashovchi, 1953 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.
Natijada, piyoda chap o‘tirgich suyagi old qirg‘og‘i va chap qov suyagini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 20 noyabr' kuni soat 12:00 larda, Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on-Mingbuloq yo‘lining 37 km.da, Yortepa MFY hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni o‘ng chetiga chiqib ketib, sim yog‘ochga urilgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro va To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 8 dekabr' kuni soat 10:00 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 69 km.da, Parosmon MFY hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1941 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 20 noyabr' kuni soat 17:40 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 72 km.da, Shoxidon MFY hududida, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro GAZ-31105 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga keskin burilishi oqibatida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasini old o‘ng yon tomoniga urilgan.
Natijada, Neksiya avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ng yelka suyagini yopiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 9 dekabr' kuni soat 13:10 larda, To‘raqo‘rg‘on-Oqtosh-Shaxand yo‘lining 11-km.da, Majnuntol MFY hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1939 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng oyoq to‘piq suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 30 noyabr' kuni soat 16:00 larda, Chust-Kosonsoy yo‘lining 4 km.da, Qayirma MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro umurtqa suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati