YTHlar harakat ishitrokchilarining jabrlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu yil 5 noyabr' kuni soat 09:00 larda, Namangan shahar To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida VAZ-21011 avtomashinasi haydovchisi orqa tomonga harakatlanayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, avtomashina orqa tomonida bo‘lgan piyoda, Namangan shahrida yashovchi, 1953 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
8 noyabr' kuni soat 19:00 larda Namangan shahar Istiqbol MFY Chortoq yo‘li ko‘chasida, fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotib shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Lasetti rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar hamda Spark rusumli avtomashina haydovchisi va Lasetti rusumli avtomashina haydovchilari tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu yil 22 oktyabr' kuni soat 11:30 larda, Namangan-Kosonsoy yo‘lining
3 km.da, Kosonsoy tumani Gulobod MFY hududida Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya chayqalishi, chap oyoq son suyagi yopiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati