5 Aprel 2021 yil 379

YTHdan 3 kun o‘tib haydovchi vafot etdi.

Joriy yil 1 aprel' kuni soat 14:00 larda, uychi tumani Pungon-Namangan-Andijon yo‘lining 93 km.da VAZ-2101 rusumli
avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.
Natijada, avtomashina haydovchisi qo‘shma shikast, bosh miya lat yeyishi tashxisi bilan og‘ir tan jarohati olib, RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, shu yil 4 aprel' kuni vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech