YTHda yo‘lovchi va piyodalar jarohat oldi.
Shu yil 25 noyabr' kuni soat 08:30 larda “Toshkent-O‘sh yo‘lining 224 km.da Kobal't rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan MAN rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.
Natijada, Kobal'tdagi yo‘lovchi chap son suyagining yopiq sinishi tashhisi bilan Angren shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
26 noyabr' kuni soat 16:00 larda Orzu MFY hududida Lasetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 10 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda chap son suyagining yopiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
27 noyabr' kuni soat 13:00 larda Namangan shahar G‘uncha MFY G‘uncha ko‘chasida Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada piyoda o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati