YTHda yo‘lovchi va piyoda jarohat oldi.
Shu yil 17 noyabr' kuni soat 13:30 larda Norin tumani Uchqo‘rg‘on-Haqqulobod yo‘lining 5 km.da 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobal't rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashinaga urilgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Norin tumanida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 3-barmoq o‘rta qismidan kesilib-yirtilib uzilishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 7 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
28 noyabr' kuni soat 10:00 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on-Mingbuloq yo‘lining 66 km.da 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, bosh o‘ng chakka suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 7 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati