18 Aprel 2022 yil 396

YTHda yo‘lovchi jarohat oldi.

2022 yil 10 aprel' kuni soat 20:00 larda, Davlatobod tumani Yuksalish MFY hududida 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2101 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetiga chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan. Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi chap oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 16 aprel' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech