18 Aprel 2022 yil
495
Plastik kartadagi pullarni naqd shaklga aylantirmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarning tuzog‘iga ilindi.
2022 yil 7 aprel' kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, mart oyida shu tumanda yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan tanishi uni ishonchiga kirib, ATB “Xalq bank” Uchqo‘rg‘on tuman filialidan olgan 97.000.000 so‘m kredit mablag‘larini 1.8 foiz xisobiga naqdlashtirib berishini aytib, xisobida 97.000.000 so‘m puli bo‘lgan bank plastik kartasini olib, shundan 3.100 AQSh dollari berib, qolgan pullarini bermay, extiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 16 aprel' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.