YTHda voyaga yetmaganlar jabr ko‘rdi.
2020 yil 4 dekabr' kuni soat 12:50 larda, Namangan shahar Sardoba MFY Navoiy ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro, Toshkent shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayolni nomida bo‘lgan Kaptiva rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2012 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda chap oyoq son va boldir suyaklarini yopiq sinib siljishi, chap oyoq kaft ustki sohasi yumshoq to‘qimasini lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 24 noyabr' kuni soat 17:00 larda, Izboskan-Xaqqulobod yo‘lining 12 km.da, Norin tumani Yangi Tong MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan M-412 rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Andijon viloyatida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida Damas avtomashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan piyoda, Norin tumanida ota-onasi qaromog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 6-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng o‘pkani lat yeyishi, jigar 7-8 segmentlari tramvatik yirtilib titilgan jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat buyicha Norin tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati