28 Sentyabr 2020 yil
528
YTHda velosipedchi jarohat oldi.
Joriy yil 23 sentyabr' kuni soat 20:00 larda Xaqqulobod-Cho‘ja avtomobil' yo‘lining 18 km.da Matiz rusumli avtomashinani yo‘l varaqasi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan. Natijada, velosipedchi chap tomon qovurg‘alarini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati