11 Oktyabr 2021 yil 447

YTHda tan jaroxati olgan piyoda shifoxonada vafot etdi

2021 yil 3 oktyabr' kuni soat 07:20 larda, Namangan shahar Bahor MFY Shoximardon ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida ketayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1952 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya og‘ir yopiq shikasti, miyaga qon quyilishi, bosh miya chap yarim shari chakka bo‘lagi o‘tkir chegaralangan depidural gematomasi bosh miya ikkala yarimsharlarini ko‘plab gemaragik o‘choqlik lat yeyishi, tashxisi bilan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yil 10 oktyabr' kuni shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech