18 Noyabr 2020 yil 467

YTHda piyoda vafot etdi.

Shu yil 12 noyabr' kuni soat 19:40 larda, Ishonch MFY Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida, Labo rusumli avtomashinani tegishli hujjatlar bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 noyabr' kuni JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech