10 Oktyabr 2020 yil 537

YTHda piyoda jarohat oldi.

2020 yil 26 sentyabr' kuni soat 19:00 larda, Namangan-Mingbuloq yo‘lining 6 km.da, Namangan tumani Urganji MFY hududida, Namangan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, chap oyoq boldir suyagini ochiq maydalanib siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech