27 Mart 2021 yil
412
YTHda og‘ir jarohat olgan 3 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.
Joriy yil 19 mart kuni soat 12:45 larda, Namangan shahar Q.Otamirzaev ko‘chasida VAZ-21011 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yuborgan. Natijada, voyaga yetmagan piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida, 25 mart kuni shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati