26 Iyun 2021 yil 299

YTHda jarohat olgan piyoda shifoxonada vafot etdi.

Shu yil 23 iyun' kuni soat 20:10 larda, Namangan-Toshbuloq-Shaxand yo‘lining 11 km.da, Namangan tumani Katta Toshbuloq MFY hududida, Namangan tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2009 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyun' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech