22 Aprel 2021 yil 222

YTHda jarohat olgan 5-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi.

Joriy yil 21 aprel' kuni soat 19:00 larda, Uychi tumani Jiydakapa-Uychi-Chortoq yo‘lining 1 km. da, Kobal't rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan, tumandagi maktabning 5-sinfida o‘qigan, o‘quvchi qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech