8 May 2021 yil
443
YTHda haydovchining onasi va yo‘lovchi vafot etdi.
Shu yil 5 may kuni soat 17:50 larda, Chortoq-Kalishox yo‘lining 25 km.da, Bo‘ston MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘daralib ketgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan, haydovchining 1957 yilda tug‘ilgan onasi tan jarohati olib, voqea joyida, 1970 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi ayol tan jarohati olib, shifoxonada vafot etganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 may kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati